Içki işlar organlarining hamkorlikda olib borgan tezkor tadbirlari natijasida, Böka tumanida sodir etilgan avtotransport vositasini olib qoçiş jinoyati “issiq izi”dan foş etilişiga erişildi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar qilmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davomida töplangan hujjatlarga köra, joriy yilning 14 iyul kuni soat 04.30 larda Böka tumanida yaşovçi 1984 yilda tuğilgan B.S. boşqaruvidagi öziga tegişli «Neksiya» rusumli d/b 10 N 433 JA avtoulovini dökon oldiga qöyib, dökonga savdo qiliş uçun kirib ketgan vaqtida avtoulovni noma'lum şaxs noma'lum tomonga qarab olib qoçgan.
Olib borilgan tezkor çora tadbirlar natijasida Piskent tumani Xaqberdi mahallasidan ötgan içki avtomobil yölida 1992 yilda tuğilgan A.E.uşbu avtoulovni boşqarib ketayotgan vaqtida aniqlanib, uşlandi. A.E. avtoulov egasi B.S.ning tanişi bölgan holda uşbu işni amalga oşirganligi ma'lum böldi. Avtoulov soz holda egasiga qaytarildi.
Hozirgi vaqtda A.E.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












