Özbekiston va Rossiya joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 612 mln dollar bölgan yangi va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotini yetkazib beriş böyiça 20 ta şartnomani imzoladi. Bu haqda Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev ÖzA’ga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning ta'kidlaşiça, 2017 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston meva-sabzavot mahsuloti eksportini 2016 yilning şu davri bilan taqqoslaganda 9 foizga oşirdi.
Vladimir Tyurdenevning aytişiça, Özbekiston va Rossiya örtasida iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş bugungi kunda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Rossiya elçisining qayd etişiça, Özbekiston va Rossiya tovar hamda transport vositalarining harakatlanişida bojxona amaliyotlarini amalga oşiriş tartibini, şuningdek, fitosanitar nazoratni (“yaşil yölak”) soddalaştirişni taşkil etiş böyiça kelişuv imzolaşgan.
Tyurdenevning sözlariga köra, hozirgi kunda Rossiya işbilarmon doiralari delegatsiyalarining Toşkentda sentabr oyida bölib ötadigan Ikkinçi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida iştirok etişini taşkil etiş böyiça işlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, “Özagroeksport” ma'lumotlariga köra, Özbekiston 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotining umumiy eksportini 2016 yil bilan taqqoslaganda 1,55 barobarga – 1,27 mln tonnaga qadar oşirişni rejalaştirmoqda.








