SAVOL: Elektr energiyasidan qarzdorlik mavjud bölganda tarmoqdan ogohlantirib öçiriladimi yoki ogohlantirmasdan öçiriş mumkinmi?

Z.ŞOIMOV,

Surxondaryo viloyati

JAVOB: «Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari»ga köra, maişiy iste'molçi elektr ta'minot korxonasiga iste'mol qilingan elektr energiyasi tölovini har oyning 10 sanasiga qadar amalga oşirib borişi kerak. Agarda maişiy iste'molçining qarzdorligi mavjud bölgan taqdirda ETK tomonidan ogohlantirilmay tarmoqdan öçiriladi.

 

SAVOL: Maişiy iste'molçilarning elektr hisoblagiçlari qay tartibda va qanday muddatda qiyoslovdan ötkaziladi?

F.SOHIBOV

Qaşqadaryo viloyati

JAVOB: Maişiy iste'molçilarning elektr hisoblagiçlarini qiyoslovdan ötkaziş Adliya vazirligida 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan «Maişiy iste'molçilarning elektr energiyasini hisobga oliş priborlarini qiyoslaşdan ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomga asosan amalga oşiriladi. Nizomning 4-bandiga köra, hisobga oliş priborlarining qiyoslaşlararo interval muddati tört yilni taşkil qiladi.

Savollarga «Özbekenergo» Boş yuriskonsulti Jasurbek NAMOZOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.