Umuman mavhumlik yomon narsa. Egallagan kasbingda ertaga nima bölişi va  seni nima kutayotganini bilmaslik kişi ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatişi tabiiy hol. 

Özbekistonda faoliyat yuritayotgan barça kasb-hunar kolleji öqituvçilari juda noqulay holatda qolgan. Axir, ertaga avgust - yozning söngi oyi... Köz oçib yumgunça esa yangi öquv yili boşlanadi. Ötgan yillar davomida xuddi şu payt guruhlarni şakllantirib, öquvçilar bilan suhbatlar ötkazgan muallimlar, işlab çiqariş ustalari aro yölda qolgan ta'lim yönalişida sodir bölayotgan voqealarni tuşuna olmay halak.

“Kollej-maktab” mavzusida juda köplab maqolalar çop etilib, omma muhokamasiga berildi. Soha mutasaddilari rasmiy javob ham qaytarişdi. “Javobmisan-javob”. Elitar kişilar uçun: “Mağzini çaqib ol!”, degan umumiy gaplar jamlanmasi.

Viloyatlardagi kasb-hunar kollejlari boşqarmalari tizim orqali beriladigan topşiriqlarga binoan iş yuritadi. Mazkur boşqarmaga qilingan murojaatlarga tuzuk-quruq javob ololmayapmiz.

Eng qiyini kollejdagi birinçi kurslarga umumta'lim fanidan dars beradigan öqituvçilarga böldi. Ular: “Yangi iş joyi qidiraylikmi yoki kollejda işni davom ettiramizmi?”, degan savolni kimga berişni bilişmayapti.

“Men, Marğilon maişiy xizmat kollejida umumta'lim fanidan dars beraman. Muassasamizga 200 nafar öquvçi hujjat topşirgan edi. Umumiy ta'lim maktablari vakillari ota-onalarga: “Kollejlarni tugatiş haqida yangi qaror çiqdi. Farzandlaringizni hujjatlarini maktabga qayta olib kelinglar”, deb taşviqot qilgani uçun 125 nafar bola hujjatlarini qaytarib olib ketdi. Eng qiyini bizga böldi, könglimiz buzilib turibdi. Iş axtaraylikmi yoki yöq?”, deyiladi bir murojaatda. 

Vodiyning yana bir viloyati kolleji öqituvçisidan (ism-şarifi va iş joyini sir saqlaşni söradi) kelgan arzni aynan keltiramiz: “Barça kollejlardan maktab bitiruvçilarining hujjatlari majburan olib ketilmokda. Maktab ökituvçilari ota-onalarning uyiga borib: "Bugun biz bilan borib,  kollejdan hujjatlarni olib berasizlar, kollejlar yopildi, diplom berilmaydi. Bu prezidentning farmoni. Agar böysunmasangiz jinoiy javobgarlikka tortilasizlar", deb notöğri taşviqot olib borilyapti. Bu işlarga viloyat rahbarlari majbur qilyapti, çoği. Men işlaydigan kollej e'lonlar doskasiga ma'muriyat tomonidan: "Hurmatli umumta'lim fani öqituvçilari! Maktablarda 10-sinf oçilgani uçun maktablardan iş izlaşingizni ma'lum kilamiz. Bizda guruhlar oçilmaydi va dars soatlari yöq" mazmunidagi e'lonlar osib qöyildi. Aniq bilamanki, bizning kollejda 400 ta öquvçining hujjati turibdi.