Şimoliy Koreya navbatdagi raketasini uçirdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar bermoqda.
Ayni paytda rasmiy Tokio Yaponiya boş vaziri qarorgohida joylaşgan maxsus markazda raketalarning uçirilişi böyiça ma'lumotlar yiğmoqda va tahlil etmoqda.
Yaponiya mudofaa vazirligining ma'lum qilişiça, raketa 45 daqiqa uçgan va Yapon dengizidagi Yaponiya iqtisodiy zonasida qulagan bölişi mumkin. Yaponiya hukumati amaldorining sözlariga köra, raketa mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toşkent vaqti bilan 20:00da) uçirilgan. Talofatlar haqida heç qanday ma'lumotlar yöq.
NHK ma'lumotiga köra, Şimoliy Koreya sönggi yilda 20 ta ballistik raketa uçirişga muvaffaq bölgan.
"Ryonxap" agentligining ma'lum qilişiça, Janubiy Koreya qurolli kuçlari ştabida uşbu raketa sinovi bölib ötgani tasdiqlangan. "Şimoliy Koreya tomoni Çagando provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata, katta ehtimol bilan ballistik raketa uçirdi", deyiladi ştab bergan ma'lumotda.










