AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati hududidagi Abukamol aholi punktiga zarba berdi. SANA agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi jarohatlangan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Abukamoldagi shifoxona va sport klubi hujumga yo‘liqqan.
Qayd etish kerakki, bu iyul oyi davomida Dayr-az-Zorda tinch aholi vakillari xalqaro aviatsiya hujumiga yo‘liqishi bilan bog‘liq to‘rtinchi holat bo‘ldi.
Shanba kuni Suriya shimolidagi Al-Mayadin shahridagi turarjoylarga hujum qilinishi tufayli o‘n kishi halok bo‘lgandi.
Iyun oyi oxirida esa koalitsiya samolyotlari Al-Mayadin shahrida va At-Deblyan qishlog‘ida aviazarbalar berilishi oqibatida 90 kishi halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgandi.

















