Fransiyaning yirik farmatsevtik kopaniyasining 2017 yil 2-çoragidagi daromadi 1 mlrd yevroni taşkil etdi. Bu bir yil avvalgi şu davrga nisbatan 10,4 foizga kam demakdir. Kompaniya hisobotida şu haqda söz boradi. 

Biroq hisobot davridagi sof tuşum 6,4 foizga ösib — 8,6 mlrd yevrodan iborat bölgan.

Vaktsinalar işlab çiqaruvçi Sanofi Pasteur şoxobçasining tuşumi bir yilda 26 foizga oşib, 1 mlrd yevroga yetgan. Qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga qarşi dori-darmonlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Diabète & Cardiovasculaire bölimi tuşumi aksinça 15 foizga pasayib, 1,4 mlrd yevroni taşkil etgan.