Özbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard dollardan oşdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev ÖzA’ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, ikki davlat örtasida hamkorlikning muhim elementlaridan biri bölgan savdo-iqtisodiy aloqalar jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Joriy yilning dastlabki beş oyida Rossiya statistikasi ma'lumotlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmining ösişi ötgan yilning şu davriga nisbatan 20 foizni taşkil qildi. Iqtisodiy hamkorlik böyiça Rossiya – Özbekiston hukumatlararo komissiyasi muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda va uning 18-majlisi şu yil 15 fevral kuni Toşkentda bölib ötdi.
Elçining ta'kidlaşiça, Özbekistonda Rossiya investitsiyalari iştirokida taşkil etilgan 900 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Rossiyada Özbekiston rezidentlari iştirokida 500 korxona işlab turibdi, yangi qöşma korxonalar taşkil qilinmoqda. Özbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard dollardan oşgan.








