Samarqand şahrida Özbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tasarrufidagi masjid imom-xatiblari va noib imomlari örtasida «Yil imomi – 2017» körik-tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi, deb xabar beradi viloyat hokimligining rasmiy sayti
Yuqori saviyada ötgan tanlovda dastlabki bosqiçda ğoliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellaşdi.
Körik-tanlov natijalariga köra, Past Darğom tumanidagi «Oşiq ota» jome' masjidi imom-xatibi Karimxon Azimov viloyatning yil imomi deb topildi.
Samarqand tumanidagi «Yangi masjid» jome masjidi imom-xatibi Halim Muhiddinov va Samarqand şahridagi «Xöja Abdu Darun» jome masjidi imom-xatibi Zafar Mahmudov ikkinçi örinni band etişdi. Uçinçi öringa esa Payariq tumanidagi «Soğiş ota» jome' masjidi imom-xatibi Nodir Qobilov loyiq topildi.
— Yurtboşimizning «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş davr talabi» mavzusidagi anjumanda sözlagan nutqi bizga bildirilgan işonçni oqlab, mas'uliyatni his etgan holda faoliyat olib borişga undadi, – deydi K.Azimov. — Bugun biz joylarga borib «Jaholatga qarşi ma'rifat» şiori ostida suhbatlar olib boryapmiz, kişilar ongiga salbiy ta'sir körsatayotgan turli ğarazli ğoyalarning asl mohiyatini tuşuntiryapmiz. Natija esa ijobiy bölyapti.
Ğoliblar qimmatbaho sovğalar va vakillikning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.












