AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson şu hafta oxirida Şimoliy Koreyaning raketa-yadroviy muammosini hal qiliş va boşqa mintaqaviy masalalarni xalqaro va ikki tomonlama formatda muhokama qiliş uçun Manila, Bangkok va Kuala-Lumpurga yöl oladi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti matbuot xizmati boşliği Xezer Nauert ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, Tillerson bu safarda 5-9 avgust kunlari böladi. U Manilada ASeANning xavfsizlik böyiça mintaqaviy anjumanida, Şarqiy Osiyo sammitining vazirlik yiğilişida va boşqa köp va ikki tomonlama muzokaralarda iştirok etadi.
“Bu uçraşuvlar vaqtida Tillerson hamkasblari bilan uçraşib, barça masalalarni, jumladan Koreya yarimorolini qurolsizlantiriş, dengizda xavfsizlikni ta'minlaş va terrorçilikka qarşi kuraşni muhokama qiladi», deb aytdi Nauert. Uning aytişiça, Tillersonning Tailand va Malayziyaga safari asosan ikki tomonlama masalalarga bağişlanadi.








