Juma kungi zilzila oqibatida Myanmaning özida 1644 kişi halok bölib, 3408 kişi jarohatlangani tasdiqlandi. Bu haqda mamlakatni 2021 yildan buyon boşqarib kelayotgan harbiy xunta ma’lum qilgan. Yana 139 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Tailanddan kelayotgan xabarlar ham yangilab borilmoqda: Bangkok munitsipaliteti 30 mart kuni ertalab holatiga 17 kişi ölimi röyxatga olingan, 42 kişi jarohatlangan, 80 ga yaqin kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanayotgani haqida ma’lumot bergan.

Xarobalar tozalanişi davomida qurbonlar va jabrlanganlar soni ortib borişi kutilmoqda.

Myanmaning ikkinçi yirik şahri Mandalaydagi qutqaruvçilar guruhi BBC Birma xizmati muxbiriga «yetkazilgan talafot ulkan» ekanini ma’lum qilgan. Qutqaruvçilar köplab afterşoklarga qaramay tunda ham işlaşda davom etişgan.

AQŞ Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotiga köra, birinçi, kuçliroq zilzila juma kuni tuşdan keyin Myanmaning markaziy qismida, mahalliy vaqt bilan 28 mart kuni soat 12:50 atrofida sodir bölgan. Zilzila öçoği 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan.

Taxminan 12 daqiqadan söng ikkinçi zilzila sodir bölgan.

Zilzila epimarkazi Sagayn şahridan 16 km şimoli-ğarbda, mamlakatning ikkinçi yirik şahri Mandalay şahri yaqinida joylaşgan. Uning aholisi 1,2 mln kişi çiqadi.

Bu hudud Myanma poytaxti Neypidodan taxminan 100 km şimolda joylaşgan. AFP agentligining Neypidodagi jurnalistlari ma’lum qilişiça, kuçli yerosti silkinişlari oqibatida yöllar yorilib ketgan, binolar şiftidan suvoqlar tökilib tuşgan.

Yerosti silkinişlari Tailand va Xitoyda ham sezilgan.

«Jabrlanuvçilar köpayib bormoqda, ammo bizda şifokor va hamşiralar yetarli emas», — degan doktor Çjo Zin jurnalistlarga.

Qutqaruvçilardan biri Mandalaydagi «binolarning köpçiligi qulab tuşgani»ni aytgan.

«Biz qutqaruv amaliyotini boşlaganimizda Mandalayning körinişi qörqinçli edi. Odamlar köçalar böylab çopar, baqirar va yiğlaşardi», — deydi qutqaruvçi vaziyatni tasvirlab.

«Biz odamlarni xarobalar ostidan çiqarib olmoqdamiz. Mandalaydagi asosiy hospital tölib-toşgan», — deya hikoya qiladi u. Uning sözlariga köra, zilziladan jabrlanganlarning köpçiligida yurak xuruji ham röy bergan.