Ayni kunlarda Havayi markazi bölmiş Honolulu şahri ma'muriyati yangi qonun loyihasini qabul qilmoqda.

Endilikda piyodalar avtomobil yölini kesib ötiş çoğida uyali aloqa vositalari, qöl telefoni, peyjyer, noutbuk, planşet va elektron qurilmalardan foydalaniş taqiqlanadi. Gap şundaki, piyodalar yöl harakati qoidalariga beparvo bölib, köpinça bunday holatlar köngilsizlik bilan tugamoqda. Şaharning eng tirband çorrahalaridan birida qonun hujjatini imzolagan Honolulu şahri meri Kirk Kolduell​ elektron gadjyetlar köpçilikning umriga zomin bölayotgani haqida aniq ma'lumotlar keltirib ötgan.

Qonun bandlariga köra, birinçi marta taqiqlangan harakatni amalga oşirgan piyodaning jinoyati politsiya​ tomonidan aniqlangan holatda 15-35 dollari miqdorida, ikkinçi marta 35-95 dollar, bundan keyin esa 99 dollargaça jarima undirilişi mumkin. Şu bilan birga piyodalar telefonda suhbatlaşib yölni kesib ötişi noqonuniy harakat emas. Şuningdek, piyodalar yölakçasida elektron gadjyetlardan foydalanişga taqiq yöq.

Şu yilning 25 oktabridan boşlab bu qonun kuçga kirişi belgilangan. Honolulu ma'muriyatining taşabbusi Boşqaruvçilar yöl xavfsizligi uyuşmasi (GHSA) tomonidan ham qöllab-quvvatlanişi kutilmoqda, çunki uşbu uyuşma taqdim etgan ma'lumotlarga köra, 2016 yilning birinçi yarim yilligida piyodalar ölimi 2015 yilning şu paytiga nisbatan 11 foizga oşgan.