Taniqli iqtisodçi, moliyaviy ekspert Yuliy Yusupov ham Kommersant.uz saytida e'lon qilingan özining «Özbek iqtisodiy modeli: asotirlar va haqiqat» maqolasida yaqin ötmişda yurtimizda yuritilgan xato iqtisodiy siyosat haqida fikr yuritadi.

Yuliy Yusupov öz maqolasida barça yaqin ötmişda xöb maqtalgan, biroq özini oqlamagan «Özbek modeli» va uning kelib çiqiş sabablari, kamçiliklari va qaysi inqtisodiy model manzurroq ekanligiga birma-bir töxtalib ötadi: faktlarga, raqamlarga murojaat qiladi. Keling, ekspertning maqolasidagi diqqatga sazovor örinlar bilan yaqindan tanişaylik.

«Biz özgarişlar davrida yaşamoqdamiz. Islohotlar, jumladan, valyuta bozorining uzoq kutilgan islohoti ham boşlandi. Bu esa iqtisodiy rivojlaniş modelining almaşişiga sabab böladi, albatta. Xöş, eskisi bilan nima böladi endi?» — deb boşlagan ekspert öz maqolasini.

«Özbek modeli»mi yoki merkantilizm?

1996 yili yoz-kuz oylarida Özbekistonda valyuta resurslarini çeklaş va uni asosan investitsion loyihalarga yönaltiriş mexanizmi joriy etilganiga ham 21 yil bölibdi. Bu iqtisodiy rivojlanişning «Özbek modeli» şakllanişining ibtidosi edi.

Bu modelning xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:

1. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga faol aralaşuvi, jumladan, ma'muriy usullar — (kredit, xomaşyo, mehnat) resurslarni markazlaşgan holda taqsimlaş, narxlar, foiz stavkalar va valyuta kursini örnatiş vositasida, şuningdek, xususiy korxonalarning mulk va mablağlarini taqsimlaş, pul-kredit munosabatlarida «ma'muriy resurslar»dan faol foydalaniş.

2. «Iqtisodiyotning strategik jabhalari»ga keng miqyosli investitsiyalar jalb qilişni nazarda tutuvçi giperfaol investitsion siyosat, jumladan, quyidagilar vositasida:

- valyuta savdosini tartibga soliş (konvertatsiyani çeklaş, rasmiy kurs böyiça valyuta konvertatsiyasida investitsion loyihalarga imtiyoz berilişi);

- kredit siyosati (foiz stavkalarini tuşiriş, imtiyozli kreditlar beriş, davlat tuzilmalarining topşiriğiga köra qaytarilmas kreditlar ajratilişi);