Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Kirill Altmanning «Alter Ego» loyihasiga intervyu berdi. Suhbat davomida hozirgi iqtisodiy tizim, Özbekiston qanday yöldan ketayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.

«Men Özbekiston rivojlaniş yölida boşqa qandaydir modelni, u Koreya, Turkiya yoki Xitoy modeli böladimi, öziga olganini eslay olmayman. Töğri, qanday modeldan ketayotganini aniqlaşga harakat qilişgan. Biroq, Özbekiston öşanda özining alohida yöli borligini ma'lum qilgan. Men uçun ham bu söroq ostidagi katta masala bölib kelgan, oldin işlaganimda ham «iqtisodiyotning özbek modeli» degan iborani qabul qilmaganman. Butun insoniyat rivojlanişning umumiy prinsiplariga ega. Albatta, milliy jihatlar ham bor, ammo öz iqtisodiy modelida termin sifatida iqtisodiyot rivojining umumiy qonunlarga e'tibor bermaslik nazarda tutilsa, buni qabul qilib bölmaydi.

Mening fikrimça, bugungi kunda prezident taşabbusi bilan olib borilayotgan yangi siyosat köpçilik uçun kutilmagan böldi. Özbekiston rivojlanişi yölining bunday qat'iy, inqilobiy özgarişga yuz tutişini kamdan-kam odam kutgandi. U oddiy: dunyoviy demokratiya, oçiq jamiyat, ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti. Mening fikrimça, biz intilayotgan model - dunyoviy demokratiya, oçiq jamiyat, ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti - yagona töğri model. Muqobili yöq», dedi Sodiq Safoyev.