Safoyev parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida hududlarga investitsiyalarni jalb etiş mavzusida ma’ruza qildi. Uning sözlarini Kun.uz muxbiri keltirib ötdi.

«Islohotlar heç qaçon oson ötmaydi. Ayniqsa boşlanğiç bosqiçda doimo ziddiyatlarni keskinlaştiradi. Bu, ayniqsa, özgarişlarni keçiktirgan, amalga oşiriş vaqti ança avval ötib ketgan çoralarni endigina röyobga çiqara boşlagan jamiyatlarga xos. Şu jumladan, afsuski, Özbekistonga ham.

Misol uçun, moliya bozoridagi vaziyatni olaylik. Har bir iqtisodçi yaxşi biladiki, milliy valutaning kursini sun’iy ravişda baland uşlab turiş zararli. Bu – eksportga putur yetkazadi, importga yöl oçib beradi. Bu  – aksioma.

Har bir hukumat buni öz vaqtida devalvatsiya qilib olib kelişi – mamlakat iqtisodiyotini soğlomlaştirişga qaratilgan bir qadam. Uzoqqa borib ötirmaylik, qöşni Qozoğistonda qisqa davr mobaynida uç marotaba yirik devalvatsiya böldi.

Birinçisi 1999 yilda bölgan inqirozda – Rossiya ular uçun muhim – tenge 84 tengedan 138ga kötarildi. Ön yildan söng, butun jahon inqirozi bölayotgan paytda 122 tengedan 144ga kötarildi. Beş yil avval, BRIKS taşkilotidagi inqiroz oqibatida 155dan 185ga kötarildi. Bu – ulardagi moliyaviy tizimning ança soğlomlaşişiga [xizmat qildi] va iqtisodiyot bilan mutanosiblikni töğriladi.

Bizda esa köp yillar mobaynida mutasaddi şaxslarning moliyaviy savodsizligi – şunday deb aytaylik – oqibatida aksinça siyosat olib borildi va moliyaviy tizim mamlakat iqtisodiyotining rivojlaniş omili böliş örniga unga tösiq bölib qoldi.

Oqibatda, Özbekiston kişi boşiga tuşadigan yalpi mahsulot uluşi böyiça dunyoning ikkinçi yuztaligidagi davlatlar orasidan örin topdi... Özbekiston! Buyuk tarixga, dunyodagi eng mehnatkaş aholiga ega Özbekiston bir yuz... yigirma neçançi ham örinda. Heç tuşunib bölmaydi!

Buning sababi bitta – vaqtida islohotlar ötkazilmagan. Şuning natijasida bizda işçi kuçimizning uçdan biri – qişloq xöjaligida. Bu – qoloqlikning birinçi körsatkiçlaridan biri.

Millionlab hamyurtlarimiz çetda iş qidirib yurişga majbur böldi.

Barça sohalarda – sanoatda, qişloq xöjaligida, xizmat körsatişda bizdagi mehnat unumdorligi nihoyatda past. Masalan, Janubiy Koreya bilan qiyoslasak, bu sohalarning har birida bizda mehnat unumdorligi ön barobarga past.

Aytgança, iqtisodçilarimiz ham mehnat unumdorligi körsatkiçiga kam e’tibor beradi. Vaholanki, bu – mahsulot tannarxining asosi. Maoşlar ham şunga boğliq. Bir xillar aytadi, nega maoş kötarilmaydi? Çunki mehnat unumdorligi past.