Afğoniston jaubidagi Qandahor viloyatida NATO kuçlari karvoniga qaratilgan terakt oqibatida ikki amerikalik harbiy halok böldi.

Terrorçi-xudkuş tomondan amalga oşirilgan terakt uçun javobgarlikni toliblar öz zimmasiga olgan. Harbiylarning ölimi Pentagon tomondan rasman tasdiqlangan, boşqa ma'lumot berilmagan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikalik generallar bilan uçraşuv vaqtida Afğonistondagi vaziyat yuzasidan özining juda ğazablanayotganini yaşira olmagandi. U hattoki Afğonistondagi AQŞ va NATO kuçlari qömondoni general Jon Nikolsonni almaştirişni taklif qilgandi.