Özbekistondagi OTM huzurida bittadan akademik litseylar saqlab qolinadi. Ularda ta'lim beriş jarayoni bitta joyda taşkil etiladi. Bunda oliy ta'lim muassasasining öz litseyidagi ta'lim jarayonida bevosita iştirok etişi talabi qöyilmoqda. Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov XPK sessiyada iştirok etgan jurnalist savoliga şunday javob berdi.

Uning aytişiça, akademik litseylar tizimini isloh qilişning asosi ularning oliy öquv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlaş böladi. 

“Endi mamlakatda 60 ta OTM huzurida bittadan akademik litsey qoladi. Bundan taşqari, 7 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalarining yana 7 ta litsey ham faoliyat yuritadi”, - dedi Inomjon Majidov.