2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari hamda kelgusidagi vazifalar körib çiqildi. Yiğilişda barça viloyat, şahar va tuman hokimlari, ularning örinbosarlari hamda qator idora, taşkilotlarning rahbarlari iştirok etdi.

Videoselektor yiğilişida iştirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, unda estrada san'ati haqida ham töxtalib ötilgan. Estrada xonandalari öz ustida işlamay qöygani aytilgan. Madaniyat sohasida unvonlarni qayta körib çiqiş boşlanayotgani ma'lum qilindi. 

“Tavakkal Qodirov 25 yil xalqning xizmatini qilib, söng Xalq artisti unvonini olgan. Hozirgilar uç yilda, xalqning xizmatini qilib ulgurmasdan unvon olmoqda”, - degan davlat rahbari.

Bundan taşqari, san'atkorlar odobi, kiyinişi, özini tutişi bilan barçaga örnak bölişi kerak ekani aytildi. Hozirgi musiqiy kliplar jiddiy tanqid qilindi. 

“Özbekistonda adabiyot va san'at biznesga aylanmasligi kerak, lekin san'atkorlar ham öz kasbini xor qilmasdan, öz ustida işlaşi kerak”, - degan Mirziyoyev.