Pentagon Oq uyga Rossiyaning tajovuziga qarşi kuraşda yordam sifatida Ukrainaga zamonaviy qurol-aslaha, jumladan tanklarga qarşi Javelin raketalarini taqdim qilişni rasman tavsiya qildi.
Bu haqda AQŞ hukumatidagi uçta manbaga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali xabar bermoqda.
"Mansabdor şaxslar ehtimoliy yordam paketi taxminiy narxi 50 mln dollar bölgan Javelin tanklarga qarşi raketalarini öz içiga olişini aytdilar", deb aytilgan xabarda.
"Bu töğri qarordir va men buning barçasida mudofaa vaziri Mettisning qölini körmoqdaman", deb aytgan NATOning Yevropadagi kuçlarining sobiq qömondoni Jyeyms Stavridis NBC’ga bergan izohida.
Uning fikriça, Javelin "rossiyalik agressorlarni" uşlab turuvçi vosita bölib xizmat qiladi.
Şu bilan birga barça uç manba Oq uy bu masala böyiça hali yakuniy qarorga kelmaganini, biroq Pentagon bu qadamni qöllab-quvvatlaşini aytgan.












