Avvalgi xabarlarimizda Yaponiyada tahsil olayotgan iqtidorli hamyurtimiz Faxriddin Ergaşev haqida maxsus reportajni taqdim etgan edik. Kuni keça Faxriddin yana bir katta e'tirofga sazovor böldi.  

Yaponiyada Fan, ta'lim, madaniyat vazirligi va Tokio şahar hokimiyati hamkorligida 「国際理解」"Kokusairikai" deb nomlangan jamiyat mavjud. Jamiyatning asosiy maqsadi Yaponiyada tahsil olayotgan çet ellik talabalarni Tokioda joylaşgan boşlanğiç, örta maktablarga va yapon kollejlariga yuborib, u yerda öz davlatlari haqida ma'lumot berişini qöllab-quvvatlaşdan iborat. 

Mazkur jamiyatning a'zosi bölişni istagan har bir xorijlik talaba Yaponiyada kamida ikki yil davomida öqigan bölişi va maxsus imtihondan muvaffaqiyatli ötişi lozim. Barça sinovlardan omadli ötgan talabalar maxsus dars soatlarida taqdimotlar taşkil etişadi. 

Faxriddin ham 2016 yilda imtihonlardan muvaffaqiyatli ötib, "Kokusairikai"ning a'zosiga aylandi. Bir yil davomida Tokioning turli hududlarida joylaşgan boşlanğiç va örta maktablarda Özbekiston haqida darslar ötib keldi. 

Eng quvonarlisi esa, hamyurtimiz 2016 yil yakuniga bağişlangan tadbirda yillik reyting böyiça birinçi örinni egalladi hamda "Kokusairikai" jamiyatida "Yilning eng yaxşi öqituvçisi", deya topildi. 

Ayni damda mazkur jamiyatda dunyoning 50ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin çet ellik talaba faoliyat olib boradi. Ular orasida aynan özbekistonlik talabaning ğolib bölişi barçamizning qalbimizda ğurur va faxr tuyğusini uyğotadi. 

"Jannatmakon yurtimiz Özbekiston juda boy tarixga, madaniyatga ega. Doim yaponlarga ona yurtim haqida faxrlanib gapirib beraman. Har bir darsdan söng, öquvçilarim maşğulot haqidagi taassurotlarni xatga yozib yuborişadi. Xatlarda Özbekiston haqidagi ma'lumotlar juda qiziq bölganligi, katta taassurotlar olişganligi va albatta, kelajakda Özbekistonga taşrif buyurişni istaşlari haqida yozişadi. Bundan men Özbekiston fuqarosi sifatida oz bölsa ham maqsadimga erişganimdan boşim osmonga yetadi. Şu kunga qadar dunyoning 10 ortiq davlatida böldim. Özbekistonimizdek farovon, tinç, odamlari mehribon va insonparvar diyorlar juda kam, deb öylayman", deydi Faxriddin.

Hozirgi kunda Faxriddin davlat granti asosida Yaponiyada tahsil olmoqda. U Tokio çet tillari universitetining magistratura bosqiçi, xalqaro munosabatlar yönalişi 2-kurs magistranti.

 Feruza Avazova