Rözğor uçun eng kerakli mahsulot – göşt narxi keskin oşgaç, barça mutasaddilar muammoni hal qilişga öz uslubida kirişdilar.

Viloyat va tuman hokimlari hududidagi aholiga göşt sotuvçi qassoblarni yiğib, maşvaratlar ötkazdi. Ularni oldiga: “Ertadan boşlab, göşt belgilangan narxda sotiladi!” deya topşiriq berildi.  Majlis qarorlari OAVda qilingaç, özimizni ança xotirjam sezdik.  Mazkur tadbirdan söng şahar va tuman nazorat qiluvçi organlari kunlik tekşiruvga çiqib, qassobxonalarni nazorat qila boşladi. 

Bir-ikki hafta haytovur narxni mana şu yöl bilan uşlab turilganini inkor ham etmaymiz. Biroq, ayni paytda  göşt yana öz tannarxiga mos narxni belgilab, joyiga qaytdi. Bu - narxni nazorat qilişni yoqtirmaydigan BOZOR IQTISODIYoTI deganidir.    

E'tiboringizga Özbekistonni turli viloyat va şaharlaridagi holatni havola qilamiz:

Yuqorida körib turganingizdek, göşt hokimliklar tomonidan belgilangan(tavsiya qilingan desak, töğriroq bölar) sotilmayapti. Bozorlarda harqalay narx biroz arzon. Lekin, joylardagi narx oşmasdan oldin muntazam faoliyat yuritayotgan  göşt sotiş şoxobçalari endilikda tölaqonli işlamayotgani taşvişli holat.Mazkur raqamlarni aynan şu viloyatning barça tuman, şaharlaridagi aniq narx deb qabul qilib bölmaydi. Sababi, narx tinimsiz “öynab” turibdi. Biz örganiş davomida yerli aholi tomonidan berilgan ma'lumotlarga asoslandik. 

 Qassoblar va göşt işlab çiqaruvçi, ya'ni mol parvarişlaydigan kişilar bilan muloqot davomida har ikki tomon öz muammolarini aytayotir.

-Hozirça, teri va kalla-poçadan tuşgan kirimga qanoat qilib, göştni belgilangan narxda sotyapman,- deydi andijonlik qassob.

-Xonadonda doim uç-tört boş mol boqamiz, qoramol boqiş qiyinlaşib, kunjara narxi 2200 sömga, omuxta yem 1900ga çiqdi,-deydi Xorazm viloyatidan aloqaga çiqqan fuqaro.

Göşt yetkazib beruvçilarni fikriça, qassoblar masalasi jiddiy ekan. Sababi, göşt tannarxi arzonlaşgani bilan qassob bir xil foyda köradi. Çunki, u oladi va ustiga qöyib sotadi. Qarangki, mol yetiştirgan boqib 1 million, qassob uni sotib 1 million topadi.  Muammoning negizi işlab çiqaruvçiga şaroit yaratib berişda, deya qayta-qayta takrorlayapmiz, xolos.