AQŞning Minnesota ştatidagi Blumington şahrida joylaşgan masjid yonida portlaş sodir böldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda KSTP-TV telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, portlaş vaqtida masjidda öndan köproq odam bölgan, ulardan heç kim jabrlanmagan. Şahar politsiyasi öt öçiruvçilar, FQB va Spirtli içimliklar, tamaki, öqotar qurol va portlovçi moddalar aylanmasini nazorat qiliş byurosi bilan birgalikda voqeani tergov qila boşladi.
Politsiya portlaşga doir istalgan ma'lumotni taqdim qilişni söragan.
Şaharning musulmonlar hamjamiyati portlaş haqidagi ma'lumot uçun 10 ming dollar taklif qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, politsiya portlaşni qasd oliş sifatida baholamagan.












