Eron heç qaçon Eron atomi böyiça kelişuvni buzmaydi, biroq yadroviy bitimda iştirok etayotgan AQŞ tomondan qöyiladigan qoidabuzarliklarga javob beradi. Bu haqda 5 avgustda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinçi muddatga inauguratsiyasi munosabati bilan sözlagan nutqida aytib ötdi.

"AQŞning yadroviy kelişuv doirasida öz majburiyatlarini bajara olmasligi AQŞning işonçga loyiq bölmagan hamkorligini körsatadi", deb aytdi Ruhoniy Majlis (parlament) binosidagi nutqida. "Eron hukumati va xalqi heç qaçon yadroviy bitimni birinçi bölib buzmaydi, biroq AQŞning qoidabuzarliklariga javoban jim turmaydi", deb qöşimça qilgan Eron prezidenti.

Ruhoniy Eron va jahonning yetakçi 6 davlati (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQŞ, Fransiya va Germaniya) tomondan qabul qilingan Qöşma har tomonlama harakatlar rejasini va Erondan embargoning olinişini amaldagi hukumatning asosiy yutuqlaridan biri deb atadi. Eron prezidenti öz nutqida Eron hukumati özaro manfaatli hamkorlik uçun oçiqligini va qöşni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaş niyatidaligini ta'kidlab ötdi. Ruhoniy şu munosabat bilan istalgan mintaqaviy, jumladan Suriya va Yamandagi inqirozlarni muloqot orqali hal qiliş zarurligini aytib ötdi. "Jahon davlatlari bilan konstruktiv hamkorlik va mintaqadagi davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaş xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun zarurdir", deb aytdi Ruhoniy. 

Eron prezidenti uning Tehrondagi inauguratsiyasiga yiğilgan xorijiy delegatsiyalar a'zolariga minnatdorçilik bildirdi va "xorijlik mehmonlarning iştirok etişi" Eron va boşqa davlatlar örtasidagi yaxşi munosabatlar belgisi ekanligini ta'kidlab ötdi. 

68 yoşli Ruhoniy mamlakatda 19 may kuni ötgan prezident saylovlari natijalariga köra ikkinçi muddatga qayta saylandi. Uning nomzodiga 57 foiz saylovçilar (23,5 mln kişi) ovoz bergan.