Eronning diniy işlar böyiça maxsus prokuraturasi sobiq prezident Hasan Ruhoniyga qarşi bir neça iş oçdi. U moliya bozoridagi firibgarlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi IRNA.
Eron sud hokimiyati rasmiy vakili Masud Sitoyaşiy sözlariga köra, Ruhoniy sud oldida bir qator savollarga javob berişi kerak.
«Eronning sobiq prezidenti, diniy unvon va martabaga ega Ruhoniyga nisbatan bir neça iş qözğatildi. U sud oldida bir qança savollarga javob berişi kerak», dedi Sitoyaşiy.
Uning qayd qilişiça, Ruhoniyga nisbatan valuta firibgarligi, şuningdek, Eron fond bozoriga noqonuniy aralaşuvi böyiça iş qözğatilgan.
Ruhoniy 2013 yil avgustidan 2021 yil avgustigaça Eron prezidenti lavozimida işladi. U ikki muddat davlat rahbarligiga saylangan. Sobiq prezidentga nisbatan avval ham ayblov qöyilgan edi. Jumladan, 2021 yil avgust oyida Majlis (parlament) a’zolari uning prezidentlik davridagi iqtisodiy vaziyat yomonlaşgani sababli tergov boşlaşga harakat qilişgan edi.













