Milliarder Roman Abramoviç va Darya Jukova ajraşişga qaror qildi. Page Six (New York Post gazetasi ilovasi) xabariga köra, ikki tomon kelişgan holda ajraşişga qaror qilgan.
Ikki farzandli bu juftlik tinç yöl bilan ajraşgan.
«Birgalikda ötgan 10 yillik hayotdan keyin biz ikkimiz qiyin qaror qabul qildik (...), lekin biz döstlikni saqlab qolamiz, birgalikdagi loyihalarimizda hamkorlikni davom ettiramiz», — deya qayd etilgan ularning qöşma bayonotida.
Ayni vaqtda 50 yoşda bölgan Abramoviç uçun 36 yoşli Jukova bilan nikoh hisob böyiça uçinçisidir. Uning jami 7 farzandi bor, ulardan beş nafari — ikkinçi nikohidan. Abramoviç Rossiyaning eng badavlat kişilaridan biridir, uning boyligi 9,1 milliard dollarga baholangan.
Abramoviç va Jukova 2005 yilda tanişgan, 2007 yil Abramoviç özining 16 yil birga turmuş qurgan ikkinçi xotini Irina Malandina bilan ajraşgaç, Jukova bilan turmuş qurgandi. Abramoviç va Jukovaning ikki farzandi bor — 2009 yilda tuğilgan Aaron Aleksandr va 2013 yil dunyoga kelgan Leya.
Darya Jukova Moskvadagi «Garaj» zamonaviy san'at muzeyi asosçisi hisoblanadi, u şuningdek kiyim işlab çiqaruvçi Kova & T kompaniyasining asosçilaridan biri hisoblanadi.












