Davlat bojxona qömitasining qarori (2017 yil 27 iyul) Özbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yöl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar taşilganda yuk bölimlariga maxsus bojxona plombalari qöyiş qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 

Hujjatning qabul qilingan versiyasida “maxsus bojxona plombasi” —Davlat bojxona qömitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan şakl, ölçam va körinişdagi, belgilangan seriya va tartib raqamli, tovar va transport vositalarini identifikatsiyalaşda bir marta foydalaniladigan bojxona identifikatsiyalaş vositasiga ta'rif berilgan.

Şuningdek, aniqlaştirilişiça, BKning 224-moddasiga muvofiq, avariya yoki yengib bölmas kuç ta'siri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga taşişga tösqinlik qiladigan boşqa vaziyatlar oqibatida taşuvçi:

•  tovarning, transport vositasining butligini saqlaş va ulardan foydalanilişiga yöl qöymaslik uçun zarur çora-tadbirlarni körişi;
•  eng yaqin bojxona organiga tegişli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi töğrisida darhol xabar berişi;
•  tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi körsatgan boşqa joyga olib borişi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan bölsa, olib borilişini ta'minlaşi şart.

Bojxona organi bojxona nazoratini ta'minlaş uçun qöllaniladigan çora-tadbirlarni sodir bölgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yöqotiliş darajasi va tovar taşilişini amalga oşirayotgan transport vositasining texnik holatiga boğliq ravişda belgilaydi. Loyihada bunday holatlarda tegişli tartibda plombaga ziyon yetkazilganligi töğrisida dalolatnoma  tuzilişi, tovarlar töliq bojxona körigidan ötkazilişi va tovarlarni adresat-bojxona maskanigaça yetkaziş çora-tadbirlari körilişi körsatilgan edi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 1.11.2017 yilda kuçga kiradi.