14:21 / 22.10.2016
10595

Xitoy temir rudasi importi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: BetaFinance

Xitoy metallurgiya kompaniyalari sentabr oyida rekord hajmda temir rudalarini import qilgan. Mamlakat bojxona boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, hisobot davri mobaynida 92,99 mln tonna temir rudasi olib kirilgan. Bu 2016 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Shu bilan birga bu raqam avgust oyiga qaraganda 6 foizga ko‘pligi ta'kidlangan. O‘tgan galgi rekord ko‘rsatkich 2015 yil dekabrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda XXR metallurgiya kombinatlari bir oyda 96,27 mln tonna temir rudasini xarid qilishgan. Umuman, yanvar-sentabr oylarida bu boradagi o‘sish 9,1 foizni tashkil etib, jami 763 mln tonna ruda keltirilgan.

Xitoy statistika organlariga ko‘ra, po‘lat eksporti bo‘yicha milliy ko‘rsatkich sentabr oyida 8,8 mln tonnani tashkil etgan. Bu fevral oyidan beri eng past natijadir. O‘tgan yilning shu oyida Xitoy kompaniyalari 11,25 mln tonna po‘latni xorijiy mijozlariga yetkazib bergan edi. 

Top