Toşkentning «Paxtakor» klubi avstraliyalik futbolçini öz safiga qöşib olganini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaga köra, klub 10 avgust kuni barça OAVlariga matbuot-anjumani taşkil etmoqçi.
Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolçi — avstraliyalik Rostin Griffits bilan şartnoma imzolanadi hamda matbuot anjumani ötkaziladi. Tadbirda «Paxtakor» futbol klubi rahbariyati ham iştirok etadi.

Bundan oldinroq uşbu ingliz futbolçisi faoliyatini Özbekiston çempionati jamoalaridan birida davom ettirişi mumkinligi, unga 600 ming dollar miqdoridagi yillik maoş taklif qilingani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot örnida, uşbu yarimhimoyaçi faoliyatini «Blekbern Rovers» jamoasida boşlagan. Söngra, Şotlandiyaning «Gretna», Angliyaning yana bir jamoasi «Akkrington Stenli», Niderlandiyaning «Roda», Avstraliyaning «Adelaida Yunayted», «Sentral Kost Mariners», «Nort Kvinslend Furi» va «Pert Glori» jamoalarida töp surgan.











