Turkiya Eron bilan çegarada devor qurişni boşladi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Dogan agentligi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, devor eni 2 metr va balandligi 3 metr bölgan köplab beton bloklardan quriladi. Devorning şunday har bir qismi 7 tonna oğirlikka ega böladi.

Turkiya hukumatining bildirişiça, devor çegara orqali kurd jangarilari va noqonuniy migrantlarning kirib kelişiga yöl qöymaslik maqsadida qurilmoqda.