Mamlakatning ayrim qonun hujjatlariga tuzatişlar loyihasi QHTBT portalida muhokama uçun joylaştirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
Özgartirişlar soliq organlarining kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarini sudgaça 5 bank kunigaça bölgan muddatga töxtatib turiş vakolatini mustahkamlaydi.

Tegişli qöşimçalar «Davlat soliq xizmati  töğrisida»gi Qonun va Soliq kodeksiga kiritilmoqda. Tuzatişlar kelgusi yilning boşidan kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, mazkur norma Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF–5116-son farmonining 2-bandida keltirilgan. 

Ma'lumot uçun: xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisobvaraqlari böyiça operatsiyalari sud tartibida quyidagi holatlarda töxtatib turilişi mumkin:

•  soliq tekşiruvini ötkazişga soliq tölovçi tomonidan tösqinlik qilinganda;  
•  daromadlar oliş uçun foydalanilayotgan yoxud soliq soliş obektini saqlaş bilan boğliq hududlarni, binolarni, şu jumladan, joylarni közdan keçiriş uçun davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslarini kiritiş soliq tölovçi tomonidan rad etilganda;  
•  soliq tölovçi qayd etilgan manzilda bölmaganda;  
•  soliq tölovçi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari böyiça tafovutlarning asoslari yoxud aniqlaştirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda. 

Jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştiriş holatlari aniqlanganda operatsiyalar alohida tartibda töxtatib turiladi.

Loyiha özgartirilişi, qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.