2017 yil 8 avgust kuni soat 15.00 da Milliy matbuot markazida “Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining bugungi faoliyati va istiqboldagi vazifalari” mavzuidagi matbuot anjumani bölib ötdi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 3 avgustdagi ijodkor ziyolilar vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvida adabiyot va san'at, madaniyat bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalarini yangi bosqiçga olib çiqiş masalasiga alohida urğu berildi.

Ayni paytda Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan röyxatga olinib, davlat reyestriga kiritilgan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1564 tani taşkil etadi. Ulardan 694 tasi gazeta, 330 tasi jurnal, 14 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 68 tasi televideniye, 37 tasi radio, 418 tasi veb-saytlardir. Ötgan davrda 10 ta bosma OAVlarning çiqarilişi muassislarining qarorlariga köra tugatilib, davlat reyestridan çiqarildi.

Ta'kidlanişiça, sönggi vaqtlarda turli nufuzli davralarda jurnalistikaning hozirgi kundagi ahvoli, ommaviy axborot vositalarining mustaqillikni mustahkamlaş, mamlakat taraqqiyotining hozirgi islohotlar davridagi, xalqimizning munosib turmuş tarzini hosil qiliş, ma'naviy hayotni avj oldiriş singari dolzarb masalalarni amalga oşirişdagi iştirokiga yangi urğu beriş maqsadida turli xil anjumanlar ötkazildi. Muhim fikr-mulohazalar bildirildi, tavsiyalar işlab çiqildi.

Qayd etilişiça, davriy naşrlarning soni, sifati, berilayotgan aksariyat materiallarning saviyasi, mazmun-mohiyatida sodir bölgan özgarişlarni inkor etmagan holda ularni hozirgi kun talabiga töla javob beradi, aholining davr bilan birga ösib borayotgan talabi, didi, ma'naviy ehtiyojini töla qondiradi, deb bölmaydi. Hayotiy haqiqatni yoritiş, taraqqiyot, islohotlarni amalga oşirişga tösiq bölayotgan illatlarni oşkor etiş, turmuşdagi, yoşlar tarbiyasidagi nuqsonlarga e'tibor qaratiş, tanqidiy-tahliliy materiallarni çiqariş, sohani takomillaştiriş, jurnalistlarning qalamini çarhlaş bilan boğliq bir qator muammolar e'tiborga olinişi lozim.

Ma'lumotlarga köra, 2017 yilning ötgan yetti oyi davomida  Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalariga 100 dan ortiq ta'sir çoralari qöllanildi. Biroq, ayrim turdagi qonunbuziliş holatlari borki, ta'kidlanganidek, ularga jamoatçilik e'tibori öz vaqtida qaratilmasa, “kasallik” boşqa naşrlarga ham yuqişi, “tadbirkorman-ku, jurnalist emasman, faoliyatimda kamçiliklarga yöl qöysam ham bölaveradi” qabilida iş tutiş holatlariga faqat qoğoz orqali çora qöllaş, ertangi kun yoşlarining, qolaversa, jamiyatning oğriğiga aylanişi mumkin.

Teleradio dasturlari, matbuot sahifalarida asosan Ğarb san'atkorlarining qöştirnoq içidagi işqiy hayotini muntazam yoritayotgan, ularda oilaviy qönimsizlik, juftlarning bir-biriga xiyonati, nikohsiz turmuş singari illatlarni oddiy hol sifatida tasvirlayotgan axborot vositalari afsuski yöq emas. Odamlarni şu kabi “sahnalar” bilan öziga jalb qilişga örganib qolgan tadbirkorlarga Agentlik tomonidan bir neça marotaba ogohlantiriş kiritilsa-da, ular öz faoliyatiga tanqidiy yondaşib, xulosa çiqariş, tahririyatlar işiga ma'naviy yetuk, ziyoli, har jihatdan ibratli, hayotiy va kasbiy tajribaga ega ijodkorlardan iborat mutaxassilarni jalb qiliş va şu orqali ma'naviyatni tarğib qilişni yölga qöyiş örniga salbiy holatlarni tarğib etişda davom etib kelmoqda.