AQŞning Çikago şahrida noma'lum kimsalar köçadagi odamlarni öqqa tutdilar, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. 

Ma'lumotlarga köra, bir neça erkak 8 avgust mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda yöl çetidagi odamlarga öq uzgan. Oqibatda kamida 6 kişi yaralangan, bir kişi halok bölgan. Keyinroq qurbon nomi ma'lum qilingan, u 28 yoşli Alfred Mitçell bölib çiqqan.

Jabrlanuvçilardan biri qarindoşining aytişiça, jinoyatçilar qöşnilari bilan barbekyu tayyorlayotgan katta oila a'zolarini öqqa tutişgan. Ular orasida bolalar ham, keksalar ham bölgan.

Voqea Bronzevil tumani politsiya boşqarmasidan 2 mavze berida yuz bergan. Jinoyatçilar voqea joyidan yaşirinişgan, ular qidirilmoqda. 

Politsiyaçilarning aytişiça, jinoyatçilar kuzatuv kameralariga muhrlangani ehtimoli katta. "Biz köçadagi ba'zi binolarda joylaşgan kuzatuv kameralaridan biri jinoyatçilar avtomobili va uning raqamini qayd qilganiga umid qilmoqdamiz", deb aytgan Çikagoda zöravonlikka qarşi kuraşuvçi faollardan biri. Uning aytişiça, hozirça politsiyada boşqa ma'lumotlar yöq.