"Mehnat ta'tilida işdan töliq dam oling, işçi poçtangizni öqimang va hatto ijtimoiy tarmoqlarga ham kirmang - bugungi kunda töğri hordiq çiqariş borasida şunday tavsiyalar beriladi. Faqat bu mukammal vaqt kelişidan avval barça işlarni ikki hafta oldinga möljallab tugallaşingiz, keyin esa işga qaytib, dunyoning barça taşvişlarini his qilişingizga töğri keladi. Sizlarda qanday bilmadimu, lekin menga bunaqasi ketmaydi, çunki men işimga burç sifatida qaramayman, mening işim - hayotimning bir qismi va undan hatto mehnat ta'tili davrida ham töliq voz keçişga tayyor emasman". Forbes Gil Petersilning şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.
Bu mehmonxona nomerida hammadan bekinib olib, kompyuterga "şönğiş" va heç kim bilan gaplaşmaslikni bildirmaydi. Asosiysi, me'yor - mehnat ta'tilida berilgan vaqtdan unumli foydalaniş muhim. Faqatgina şoşilinç xatlar va muhim qönğiroqlarga javob beriş, qolganiga çalğimaslik, çunki mehnat ta'tili işçi kunlari vaqt topilmaydigan narsalarga vaqt topiş imkonini beradi. Gap kelajak va karera haqida öylab oliş töğrisida. Kuniga bir soat vaqtingizni şu haqidagi öylarga ajrating, qolgan vaqt esa yangi taassurotlar, uyqu va yaqinlar bilan muloqotdan zavq oling. Kuniga atigi 60 daqiqa! Bu daqiqalarni nimalarga sarflaş mumkin?
Özingiz erişişni istagan maqsadlar haqida öylaş

Kelgusi oy uçun uç maqsadni şakllantiring, keyingi uç oyga yana uç maqsad va yil oxiriga qadar yana uç maqsad. Deylik, ozişni maqsad qildingiz, şunday yozing. maşinangizni özgartirmoqçisiz, buni ham yozib qöying. Yangi işmi - dadil röyxatga kiriting. Maqsadlaringiz hayotingizning barça jabhalarini qamrab olsin. Buni maşq qiliş, bir qaraganda, osondek tuyulişi mumkin, aslida esa siz bunga butun mehnat ta'tilingizni sarflaşingiz mumkin. Agar maqsadlarni şakllantirib bölgan bölsangiz - yölning yarmini bosib ötgan bölasiz. Keyingi qadam - öz maqsadlaringiz haqida boşqalarga ham sözlaşni boşlang. Şunda bir öq bilan ikki quyon nişonga olinadi: birinçidan, ortga yöl bölmaydi, siz ularni albatta amalga oşirişingiz kerak böladi, ikkinçidan, bu yölda atrofdagilar sizga yordam berişi mumkin.
Karera böyiça maslahat beruvçi professional bilan uçraşing

Hatto işingizni özgartirişni rejalaştirmagan bölsangiz ham, şunday yöl tuting. Maslahat beruvçi bilan şaxsan körişişingiz şart emas, internetdan foydalaniş mumkin. Qator savollar va ularga olingan javoblar orqali mutaxassis sizning profilingizni yaratadi, kuçli va zaif tomonlaringizni aniqlaydi, bugungi kunda sizning mutaxassis sifatidagi holatingizni va karerangizni rivojlantiriş böyiça imkoniyatlaringizni körsatib beradi. Biz ba'zan özimizni bebaho işçi deb öylab qolamiz: eşikdan çiqişimiz bilan salohiyatli iş beruvçilar navbat poylab turadigandek tuyuladi. Aytaylik, "riteyl"dan IT sohasiga ötiş biz uçun heç gapmas. Biroq, asl vaziyat nafaqat sizni osmondan yerga qaytaradi, balki sizning kerakli natijaga erişişingiz uçun töğri yöl tanlaşingizga ham imkon beradi.
Foydali kitoblar mutolaa qiling

Mehnat ta'tilida köpçilik şundoq ham kitob öqiydi, şunday ekan, foydali - aynan işingizda qöl keladigan kitoblarni mutolaa qiling. Tor doira bilan çeklaniş şart emas. Masalan, siz rekrutersiz va marketing departamentida işlaysiz, u holda marketing haqidagi yangi kitoblarni öqing. Şunda buyurtmaçilar va nomzodlar bilan suhbatlaşiş uçun mavzu topiladi, siz bu sohada yaxşi bilimga ega ekaningizni namoyon etasiz. Agar kompaniyada yuqori lavozimda işlasangiz, u holda psixologiya yoki "özgarişlar menejmenti" mavzusi sizni qiziqtirib qolişi mumkin.
Şaxsiy blogingizni yuritişni boşlang

Bu şaxsiy brendni rivojlantirişning ajoyib yölidir. Siz öz ekspertizangiz darajasini körsatasiz va agar blogingiz qiziqarli bölsa, professional doiralarda maşhurlikka erişasiz, jurnalistlar sizga qiziqiş bildirişadi, hamkasblar maslahat sörab kela boşlaşadi, sizni biznes-tadbirlarda qatnaşişga taklif qilişadi. Bu yöl tezkor emas, lekin işonçli. Masalan, men odatiy işçi rejimda maqola yoza olmayman. Uçraşuv va tadbirlar haddan taşqari köp. Yölga çiqqanimda esa, miyam kundalik işlardan ozod böladi va men asosiy e'tiborni matnga qarataman.
Yangi narslarni örganing

Biror fundamental kursni tanlaş şart emas. Vaqtni samarali boşqariş böyiça qisqa onlayn kursni ötang. Sizlarni işontirib aytamanki, hatto özingizni maksimal darajada samarali işçi deb hisoblasangiz ham, yanada samarali işlaşga doir ğoyalar keladi. Sizlarga şaxsiy mablağlaringizni boşqariş böyiça kursga yozilişni tavsiya qilaman. Idorada yillik byudjyet fayllarini osonlikça uddalaymiz, şaxsiy moliyaviy rejalarga kelganda esa - vaqt yöq. Aniq rejalar asosida maqsadlarga tezroq erişiş mumkin.
Xorijiy tillardan birini örganişni boşlang

Masalan, mehnat ta'tilida Italiyaga otlandingiz, sayohatga qadar til örganiş - köpçilik uçun qiyin. Italyan tilini örganiş uçun telefonga til örganiş böyiça boşlanğiç audio-kursni yuklab oling. Şunçaki köçadagi odamlarni eşiting, özingiz ham şu tilda sözlaşga harakat qiling.
Odamlar bilan muloqot qiling

Nihoyat, idoradan va odatiy muloqot doirasidan uzoqlaşdingiz! Bu vaqtni yangi odamlar bilan tanişişga sarflang. Agar boşqa şaharga köçib ötiş haqida orzu qilsangiz, mehnat ta'tilida öşa yerga boring. U yerda bir neça mahalliy biznes va netvorking-tadbirlarga borib köring, özingizga kerakli kişilar bilan tanişing. Bu sizning köçişingiz va iş topişingizni yengillaştiradi. Insonlar bilan muloqot qilib, yangi ğoyalarga ega bölasiz, ular asosida esa yangi biznes quriş mumkin böladi. Mehnat ta'tilida taassurotlar va hikoyalar yiğilib qoladi, qaytganingizdan söng idorada sözlab berişga mavzu topiladi.
Mehnat ta'tilingizdan tölaqonli foydalaning va unutmang, eng muhimi - dam oliş, oila davrasida, yaqinlar bilan vaqt ötkaziş, karerani davom ettiriş uçun kuç töplaş.











