Bolalikda videoo‘yin o‘ynaganlar ulg‘ayganda ko‘proq daromad topadi - tadqiqot
Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, kompyuter o‘yinlari bolalarda jamoaviy ishlash, qaror qabul qilish va strategik ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

Foto: Getty Images
Bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar kelajakdagi daromadga ta’sir ko‘rsatadi — AQSh olimlari ming kishining karera yo‘lini kuzatib, shunday bog‘liqlikni aniqladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolaligida videoo‘yinlar o‘ynaganlar 71 foiz ko‘proq yuqori lavozimga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, bu toifadagi odamlar o‘smirlik davrida o‘yinlarga qiziqmagan tengdoshlariga nisbatan yiliga o‘rtacha 5451 dollar ko‘proq daromad olgan.
Tahlilchilar o‘yinlarni agressiv xulq-atvor va jamiyatdan uzilish bilan bog‘laydigan eski qarashlarni eslab, bu nuqtai nazar endi eskirganini ta’kidlamoqda.
So‘rov ishtirokchilarining o‘zlari o‘yinlar ularga strategik fikrlash va jamoada muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berganini tan oladi.
Bugungi kunda amerikalik ota-onalarning 95 foizi bolalariga o‘yin o‘ynashga ruxsat bergan, 65 foizi esa o‘zlari ham bolaligida o‘ynaganini aytishgan. Farzandlariga videoo‘yin o‘ynashga ruxsat berganlarning aksariyati, bu ularning muammoni hal qilish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam berishiga ishonadi.
Bolalari videoo‘yinlar o‘ynaydigan ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, ularning farzandlari akademik va ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatga erishmoqda: deyarli yarmi bolalari maktabda eng yuqori A baho olishini, yana 38 foizi o‘rtacha B olishini ta’kidlagan. Atigi 14 foizi esa farzandlari o‘qishda qiynalayotganini bildirgan.
Ammo muayyan bir chegaradan o‘tgach, videoo‘yinlarning aqliy rivojlanishga bo‘lgan ijobiy ta’siri salbiy oqibatlarga aylanadi, deb ta’kidladi olimlar. Ular ushbu chegarani aniqlash uchun yangi tadqiqot ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyodagi har o‘n nafar o‘smirdan biri ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga berilib ketish oqibatida ruhiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida hisobot e’lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Mavzuga oid

20:50
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens

20:22
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi

19:09
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

19:00 / 18.05.2025