Parlament quyi palatasiga kiritilgan «Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasida işlayotgan erkaklar farzandli bölganda turmuş örtoğiga yordam beriş va boşqa farzandlariga qarab turişi uçun qisqa muddatli ta’tilga çiqişi bilan boğliq me’yorlar taklif etilgan. Bu haqda deputat Nodir Tilavoldiyev ma’lum qildi.
«Erkaklar farzandli bölganda turmuş örtoğiga yordam beriş va boşqa farzandlariga qarab turişi uçun qisqa muddatli, 1 oy içida 5 kunlik, maoşi saqlangan holda mehnat ta’tiliga çiqiş imkoniyati berilişi nazarda tutilmoqda», dedi u loyihani şarhlar ekan.
Ta’kidlanişiça, şu kunga qadar milliy qonunçilikda bunday ta’til nazarda tutilmagan edi. Şu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uyğun tarzda amalga oşirişga qiynalgan yoki öz hisobidan ta’til olişga majbur bölgan.
Şu bilan birga, Mehnat kodeksida mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va maşğulotlar sohasida kamsitiş, tazyiq va zöravonlikni taqiqlaş prinsiplari takomillaştirilmoqda. Ya’ni, mehnat jarayonida boşqa xodimga nisbatan tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni iş beruvçi taşabbusi bilan boşqa işga ötkaziş yoki işdan böşatiş amaliyoti qöllanişi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, oilaviy (maişiy) zöravonlikdan jabrlangan şaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari röyxatiga kiritilib, davlat tomonidan ularni işga joylaştiriş böyiça qöşimça kafolatlar ta’minlanişi belgilanmoqda.











