Hindiston hukumati juma kuni Myanma va Bangladeş tomonlari bilan 40,000 kişidan iborat rohingya musulmonlari jamoatini deport qiliş masalasida muzokaralarni boşladi.

Ötgan asrning 90-yillari boşida minglab rohingyalar aholisining asosiy qismi buddizm diniga e'tiqod etuvçi Myanmadagi ta'qiblardan qoçib, Bangladeşga, bundan taşqari Hindiston çegaralarini kesib ötib, mamlakatning ğarbiy hududlariga kelib örnaşgan. Rasmiy Nyu-Deli ma'lumotiga köra, 14,000 nafar qoçoq rasman BMT Muhojirlar agentligi tomonidan qayd etilgan.

"Bu muammo faqat hukumat darajasidagi diplomatik muzokaralar orqali hal etilişi mumkin”, - deydi Hindiston Içki işlar vazirligi vakili Dhatvalia.

Ötgan yilning 9 oktabrida "Harakah al-Yaqin” harakatining Myanma çegara postlariga hujumi natijasida nizolar boşlangan edi. Şundan beri 75,000 nafarga yaqin rohingya Bangladeşga köçib kelgan. Ayni paytda 1,3 milliard aholiga ega Hindiston içida ham işsizlik, qaşşoqlik va ijtimoiy şaroitlar past darajada bölib, buning ustiga etnik-diniy töqnaşuvlar musulmon jamoalarining tinkasini quritib bormoqda.

Hozirda rohingyalarning katta qismi Uttar Pradeş, Jammu, Haryana va Delining şimolida istiqomat qilib kelyapti.