Amerikaning taşqi siyosat böyiça kengaşi vitse-prezidenti Ilan Berman Foreign Affairs naşrida Markaziy Osiyoni rivojlantiriş uçun yangi rağbatlantiruvçi omillar (stimullar) mavzusida maqola e'lon qildi. Amerikaning taşqi siyosat böyiça kengaşi AQŞ Kongressidagi respublikaçilar bilan keng aloqalarga ega konservativ nuqtai nazardagi tahliliy markaz hisoblanadi. Quyida maqolaning qisqartirilgan tarjimasi taqdim etiladi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari yetakçilarining amaliy harakatlari va siyosiy irodasi tufayli ular bilan yana çuqur hamkorlik hamda özaro aloqalar uçun yangi şaroitlar paydo böldi. Bungaça taşqi dunyo bu mintaqalarni hududiy bahslar va energetika hamda suv resurslari uçun özaro raqobat qiluvçi davlatlar zonasi sifatida körgandi. Biroq ötgan yildan boşlab bu mamlakatlar hukumatlari sarmoyaviy muhitni yaxşilaş, savdo va turizmni rivojlantiriş böyiça jiddiy islohotlarni boşlaşdi.
Şu nuqtai nazardan, Özbekistonning yangi yetakçisi alohida ajralib turadi, u hokimiyat tepasiga kelgaç qöşnilari bilan qalin aloqalarni örnatdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev “oçiq, döstona va pragmatik” pozitsiya tarafdori ekanini ma'lum qildi va qöşni davlatlar bilan munosabatlarni normallaştirişni boşladi. U özining ilk rasmiy taşriflarini Turkmaniston hamda Qozoğistonga amalga oşirdi, şuningdek, Tojikiston qa Qirğiziston bilan aloqalarni yaxşiladi. Şu bilan birga, qöşni davlatlar Toşkentning mintaqada yaxşi qöşniçilik aloqalarini yaxşilaş böyiça siyosatini ijobiy qabul qilişdi hamda qöllab-quvvatlaşdi. Bundan taşqari, prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida fuqarolik jamiyati sohasida çuqur islohotlar ötkazilmoqda.
Bu hodisalar uşbu mintaqalardagi siyosiy jipslaşuv va innovatsiyalar darajasini körsatmoqda, buni 10 yil muqaddam faraz qiliş muşkul edi. Iqtisodiyot, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş va infratuzilmani quriş sohalarida yana köp narsani qiliş lozim. Biroq, ijtimoiy institutlarning barqaror kuçaytirilişi, ança yaxşi iqtisodiy ösiş va liberallaştirişning kişilarning yangi avlodiga ta'siri mintaqa davlatlarining hamkorligi uçun mustahkam poydevor yaratdi.
Şu sababdan Vaşingtonda AQŞning Markaziy Osiyo kun tartibidagi iştirokiga doir “yangi” ğoyalar favqulodda talabgir. Mintaqa davlatlaridagi dinamik özgarişlar ularni Moskva va Pekin bilan raqobat prizmasida körişni töxtatiş lozimligini körsatmoqda. Sobiq ittifoq makoniga mustaqil geosiyosiy markaz sifatida qaraş vaqti keldi. Şu bilan birga, Amerika strategiyasi bu yerda mustaqil va bir-biridan erkin xavfsizlik hamda iqtisodiyot sohasidagi mintaqaviy hamkorlik tuzilmalarini taşkil etiş jarayoniga kömak körsatişga yönaltirilgan bölişi kerak.












