Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 10 avgustda “Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltirilgan.
Qarorga köra, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasini saqlaş, xodimlarning mehnatiga haq tölaş xarajatlari, şuningdek, Uyuşmaning va Uyuşmaga qaraşli bölgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirişni moliyalaştiriş manbasi etib Özbekiston ijodkorlarini qöllab-quvvatlaş “Ilhom” jamoat fondi mablağlari va qonunçilik bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar belgilandi.
Uyuşmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bölimlari xodimlari mehnatiga haq tölaş xarajatlari Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan byudjyet mablağlari (subsidiya) hisobidan qoplanadi.
Toşkent şahar hokimligiga Uyuşmani Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Islom Karimov köçasi, 16-A uyga joylaştirilişini ta'minlaş böyiça vazifa yuklatildi.
“Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Uyuşmaga xayriya asosida 1 ta “Damas” rusumli avtomaşinasini ajratiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Uyuşma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uçastkalari bilan ta'minlaş işlarini belgilangan tartibda yölga qöyişi belgilab berildi.
Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.M.Sultonov zimmasiga yuklandi.












