Angliya premer-ligasining 2017/2018 yilgi mavsumini boşlab bergan «Arsenal» va «Lester» jamolari uçraşuvi gollarga boy tarzda ötdi.

Uçraşuvning 2-daqiqasidayoq «Arsenal» yangi futbolçisi Aleksandr Lyakazett hisobni oçgan bölsa, uç daqiqa ötar-ötmas Şinji Okazaki hisobni tenglaştirgandi. Keyin Vardi mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Birinçi bölim sönggida esa Deni Uelbek farqni yöqqa çiqardi. Ikkinçi bölimda Vardining dubli evaziga «Lester» hisobda yana oldinga çiqib olgandi. Biroq sönggi daqiqalarda zaxiradan maydonga çiqarilgan Venger şogirdlari Aaron Remzi va Olive Jiru tomonidan kiritilgan gollar «Arsenal»ga ğalaba keltirdi va jamoa yangi mavsumda ilk uç oçkosini qölga kiritdi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur
Arsenal – Lester 4:3 (2:2)
Gollar: Lyakazett (2), Uelbek (45), Remzi (83), Jiru (85) – Okazaki (5), Vardi (29, 56).
Arsenal: Çex, Monreal, Kolaşinats, Belerin, Xolding (Jiru, 67), Oksleyd-Çemberlen, En-Nenni (Remzi, 67), Çaka, Özil, Uelbek (Uolkott, 75), Lyakazett.
Lester: Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Marez, Ndidi, Jyeyms (Iheanaço, 82), Olbrayton (Grey, 88), Okazaki (Amarti, 72), Vardi.Z
Ogohlantiriş: Morgan (90+4)