Facebook kompaniyasi Xitoyda fotosuratlar almaşiş uçun maxfiy ilovani işga tuşirdi. Bu haqda The New York Times kompaniyadagi manbaga asosan xabar bergan.

Naşr ma'lumotiga köra, Facebook Colorful Balloons ilovasini taqdim etgan. U öz funksiyalari böyiça mahalliy Youge Internet Technology kompaniyasining Moments ilovasiga öxşab ketadi.

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, Xitoy hukumati Amerika texnologiya giganti bu ilovani xitoylik foydalanuvçilar orasida tarqatayotganini bilişi yoki bilmasligi noma'lum bölib qolmoqda.

Gazetaning aniqlaşiça, Xitoy kompaniyasi rahbari sifatida Çjan Tszinmey ism-familiyalik qiz körsatilgan, u Mark Tsukerbergning xitoylik amaldorlar bilan uçraşuvlaridan biri tasvirlangan fotosuratda bor.

Facebook uning kompaniyaga aloqasi va yuqoridagi ilovaga tegişli masalalarga izoh berişdan boş tortgan.

Avvalroq Facebook yangi Watch videoplatformasi işga tuşirilganini e'lon qilgandi.