Olimlarning ma'lum qilişiça, Bolgariya Yevropadagi eng dangasa mamlakat hisoblanadi. Ötkazilgan sörovnomaga köra, Bolgariyada yaşovçi katta yoşlilarning 78 foizi jismoniy faollikka umuman vaqt ajratmaydi. Şvetsiyaliklar esa, aksinça, eng faol millat hisoblanar ekan. "Ortodoks" naşri şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.

Tadqiqotçilar bunday xulosaga kelgunga qadar 28 Yevropa mamlakatidagi ming nafar kişi örtasida sörovnoma ötkazişgan. Yuqori hayot davomiyligi körsatkiçlari bilan maşhur Skandinaviya faol mamlakatlar reytingning birinçi örnini zabt etdi. Ma'lum bölişiça, Şvetsiyada yaşovçi ön nafar katta yoşli kişidan töqqiztasi sport zaliga qatnaydi va har haftada öz faolligini saqlab qoladi. Eng faol mamlakatlar reytingida Şvetsiyadan keyingi örinlarni Daniya va Finlyandiya egallagan, bu ikki mamlakatning velosiped sportiga mehri bölakça. Bu mamlakatlar aholisining 14-15 foizigina jismoniy nofaol.

Germaniya reytingning yettinçi örnini egallagan - bu yerda 10 kişidan 3 nafari jismoniy maşqlarni bajarmasligini ma'lum qilgan. Sayyoraning eng "velosipedçi mamlakati" hisoblanuvçi Fransiya 17-örinda qayd etilgan (fransuzlarning 42 foizi sportdan özini olib qoçadi), pitssasevar italyanlar esa oxiridan beşinçi örinni egallaşgan - Italiyada aholining 60 foizi sport bilan şuğullanmaydi. Şuningdek jismoniy faollikdan yiroq eng dangasa mamlakatlar qatorida Malta, Portugaliya va Ruminiya nomlari keltirilgan. 

Tadqiqot ma'lumotlariga köra, erkaklar ayollarga qaraganda 8 foizga köproq jismoniy maşqlar bajarişar ekan.