Xitoyning Fuçjou şahrida yaşovçi 24 yoşli ayol yangi tuğilgan qizçasidan qutulişning öta qabih usulini tanladi: u ona bölişni istamay, qizçasini bolalar uyiga topşirişga qaror qilgan hamda uni paketga solib, kurer yordamida bolalar uyiga jönatmoqçi bölgan.  

Ayol qizçani mustahkam paketga solib, muhrlab va unda yaqin oradagi bolalar uyi manzilini körsatib, kurerga topşirgan.

Kurer bu holatdan şubhalanib, ayoldan jönatma içidagini körsatişni söragan, biroq ayol buni qilişdan boş tortgan va boz ustiga, kurerning rahbariyatiga uning öta qiziquvçanligi yuzasidan şikoyat qiliş bilan tahdid qilgan. 

Kurer ayol bergan paket içidagi narsa qimirlay boşlab, söngra çaqaloq ovozi eşitilgandan keyin politsiyaga murojaat qilgan. 

Politsiya qizçani Tszinan tuman şifoxonasiga yuborgan. Politsiyaçilar çaqaloqning ota-onasiga qönğiroq qilişgan, biroq ulardan birortasi qizçani olib ketiş uçun kelmagan. Xitoy qonunlariga köra, öz farzandidan voz keçgan ona 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.