Camarqandda «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil töğrisida»gi Qonun loyihasiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi, deb xabar beradi Kun.uzga Yoşlar ittifoqining viloyat Kengaşi matbuot xizmati.
Davra suhbatida adliya, prokuratura, savdo-sanoat palatasi, advokatlar palatasi, boşqa tegişli taşkilotlar va tadbirkorlar vakillari iştirok etişdi.
Özbekiston öz mustaqilligini qölga kiritgandan söng xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi davlat himoyasiga olindi, yurtimizda örta mulkdorlar sinfi şakllandi. Sohada olib borilgan islohotlar samarasi ölaroq, mamlakatda birgina kiçik tadbirkorlik sub'yektlari soni 210 mingdan oşgani qayd etildi.
Yangi qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil faoliyatini tartibga soliş maqsadida işlab çiqilganligi ta'kidlandi.
Jumladan, qonun loyihasining 3-moddasiga köra Tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil – tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari, şuningdek boşqa taşkilotlar tomonidan rioya etilişini ta'minlovçi mansabdor şaxs ekanligi bildirib ötildi.
Loyihada nazarda tutilgan normalarning hayotga tadbiq qilinişi, tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimiing yangi ta'sirçan mexanizmlarini joriy etiş hamda mamlakatimizda yanada qulay işbilarmonlik muhitini yaratişga xizmat qilişi tuşuntirildi.
Davra suhbatida iştirok etgan taşkilot va idoralar vakillari tomonidan qonun loyihasiga bir qator takliflar berildi. Xususan, viloyat adliya boşqarmasi vakili tomonidan qonun loyihasining ayrim moddalariga özgarişlar kiritiş taklifi berildi. Qonun oddiy va sodda hamma tuşunadigan tilda bölişi xususida aniq takliflar berildi. Şuningdek, viloyat prokuraturasi vakili tomonidan biznes ombudsmanning viloyatdagi vakilini mutaxassisligi yuzasidan takliflar berildi.










