2017 yilning 19 iyul kuni “Arofat” ismli noma'lum ayol Olmazor tumani hududida joylaşgan “Tansiqboyev” bozorida böla turib, fuqaro Hakima Xalilovaning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) işonçiga kirib, unga göyoki zargarlik tilla buyumlari sifatida aslida moddiy qimmatlikka ega bölmagan metalldan işlangan buyumlarni 4.000.000 söm miqdordagi pullarga sotgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni özganing mulkini aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan qölga kiritiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Kimyoxon Sarimsoqova sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişlari mumkin.











