Çilonzor tumanida ötkazilayotgan “Tozalaş-Antiterror” tadbiri davomida Çilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Bunyodkor şoh köçasida joylaşgan “Çilonzor” buyum bozori oldida tanişini urib, tan jarohati yetkazgan şaxs qölga olindi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.
Çilonzor tumanida 7 avgust kuni soat 00.10 da, Bunyodkor şoh köçasida joylaşgan «Çilonzor» buyum bozori oldida, 1975 yilda tuğilgan, 2004 yilda Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, işlamaydigan, Bektemir tumani, Qöqon darvoza köçasida yaşovçi N.A. özaro janjal oqibatida, tanişi, 1982 yilda tuğilgan, Bektemir tumani, Bilolnozim köçasida yaşovçi K.A.ni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, uşlandi.
Çilonzor tuman IIB tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











