Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni san'at va madaniyat sohasi vakillari bilan uçraşuvda töylardagi dabdababozlik haqida töxtalgandi. Davlat rahbarining Olmaliq şahriga taşrifida ham töy mavzusi yana kötarildi.

Kun.uz tahririyati uşbu masala böyiça Özbekiston Xalq artisti Erkin Komilov bilan suhbatlaşdi.

Erkin Komilovning aytişiça, zamonaviy töy deb ma'naviyatni bulğamaslik, toptamaslik kerak. 

“Bizning özbek xalqimiz juda havasmand xalq, lekin u havasni toptab, oşirib yubormaslik kerak-da. Hamma narsada me'yor bor. Bir narsaga hayron bölaman: mana mustaqil bölganimizga 26 yil bölayapti. Ba'zi bir bolalar 26 ga kirib, ikki nafar farzandli ham böldi. Ular hayot şunaqa tarallabedoddan iborat, nima qand yesam men yeyaveraman, deb öylayapti. 

Men töylarga boradigan bölsam, hayron bölaman. Bir aylana stolda bir kambağal töy qilsa böladi. Ba'zilar qarzga olib töy qilayapti, keyin bu qarzini vaqtida tölay olmagandan söng turli kasalliklarga giriftor bölayapti. Mana, muhtaram prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlar ittifoqining yiğilişida yoşlarning oğzini kutdim, deyapti. Birontasi töylar haqida gapirarmikan, ota-onamiz qiynalib ketdi, dermikan, desam demadi, deyapti. 

Endi otaga aytadi, falonçining öğli şunday uylandi, nega men bunday uylanişim kerak, deydi. Birovning orqasidan yugurib ketayapti. Ertaga nima böladi, ota-onamni qiynab nima qilaman, şunça pul tölab meni öqitayotgan bölsa, endi yana “bebiliska” töy qilib beradimi, deb öylamayapti. Kuyovnavkar mayli bor, kelinnavkar, degan narsalar qayerdan çiqqan? Öntalab kiyimlarni kiydirib qöyiş... Bularning bari ongsizlik, tafakkurning yöqligidan, ma'naviy pastlikdan kelib çiqadi. Boşi bir devorga tegmasidan avval ota-ona, bolalari öylaşi kerak: nimaga, kimga kerak unday töy – yeydi, içadi, ketadi. Endi qöşiqçilar menga falon pul, dollar bersang boraman, derkan. Bu qanday ahmoqlik? Bir kambağal neça yillab işlaydi ularni törtta aşulasiga. Buni ham sal tartibga çaqiriş kerak. Amru-ma'riflarda ortiqça gaplarning köpayib ketişini ham tartibga soliş kerak. Nikoh bölsa, nikoh haqida gapiriş kerak.

Töylardagi dabdabozlikni kamaytirsak, san'atkorlar heç qaçon işsiz qolmaydi. Hammaga Alloh öz rizqini beradi. Bunday “bebiliska” narsalarni erkak kişilar emas, balki faqat ayollar qilmoqda.