Venesuela poytaxti Karakas şahri metrosining bekatlaridan birida portlaş sodir böldi, natijada yölovçilarning evakuatsiyasi amalga oşirildi. Bu haqda El Nacional naşri mahalliy aholining ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlariga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, portlaş şahar markazida joylaşgan “Venesula maydoni” bekatida röy bergan.
Şu bilan birga, metropoliten rahbariyatining ma'lum qilişiça, yölovçilarning evakuatsiyasiga “tirkamasiz poyezd” sabab bölgan, u poyezdlar harakatidagi uzilişlarga olib kelgan.
Ayni damda jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.












