Bugun, çorşanba kuni Meksika, AQŞ va Kanada vakillari "Şimoliy Amerika erkin savdo şartnomasi" (NAFTA) faoliyatini isloh qiliş va qöşimçalar kiritiş borasida uçraşuv ötkazişi rejalaştirilgan. Bundan avval, AQŞ prezidenti ma'muriyati tomonidan taklif qilingan "Amerika birinçi" tajribasi şimol va janubdagi qöşni mamlakat rasmiylari tomonidan qanday qarşi olinişi noma'lum bölib qolmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp mazkur şartnoma oqibatida köplab işlab çiqariş korxonalari arzon işçi kuçi köp bölgan Meksikaga köçib ötayotganligidan norozi bölgan. Uning fikriça, yangi tajribani joriy etiş milliy iqtisodiyotni taşqi xavfdan qutqarib qoladi.
U özining prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davomida barça tarğibot nutqlarida savdo munosabatlari va işçi örni töğrisida köp gapirgan edi. Şunday qilib, lavozimiga kirişgan oyning özida Trans-Tinç okeani savdo hamkorligidan çiqişi e'lon qildi, tez orada Xitoy valyutasi hamda NAFTA haqida ham salbiy fikrlar bildira boşladi.
1994 yil ilk bor amaliyotga kiritilgan NAFTA oqibatida Kanada-AQŞ-Meksikaning umumiy savdo aylanmasi tört barobarga oşib, 2015 yilda bu körsatkiç 1 trillion AQŞ dollariga teng bölgan. Uşbu şartnoma tuzilgan payt iqtisodiy manfaatlar siyosiy xohiş-istak uçun xizmat qiliş ayon edi, ammo hozirgi davrga kelib, birinçi örinda iqtisodiy manfaat ustun bölib qoldi.













