Avstraliyaning Melburn şahri qatorasiga 7-marotaba dunyoning yaşaş uçun eng yaxşi şaharlari röyxatiga boşçilik qilmoqda. Bu haqda Economist Intelligence Unit tomondan tuziladigan har yillik reytingga iqtibos qeltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda. Uşbu şahar mumkin bölgan 100 balldan 97,5 ball töplagan.
Tadqiqotçilar hammasi bölib 140 ta şaharni örganib çiqişgan. Ular bu şaharlarda yaşaşning qulayligini bir qator körsatkiçlar: xavfsizlik, soğliqni saqlaş, madaniyat, atrof-muhitni himoya qiliş, ta'lim va infratuzilma böyiça baholaşgan.
Joriy yildagi reytingning 2-poğonasini Avstriyaning Vena şahri (97,4 ball), 3-poğonani esa Kanadaning Vankuver şahri (97,3 ball) egallagan. Ta'kidlaş joizki, bu şaharlar ötgan yil ham şunday örinlarni egallaşgandi.
Şuningdek, yetakçi öntalikdan Kanada va Avstraliyaning yana ikkitadan şahri – mos ravişda, Toronto va Kalgari hamda Adelaida i Petra, Oklend (Yangi Zelandiya), Xelsinki (Finlyandiya) va Gamburg (Germaniya) örin olgan.












