Filippinda oğufuruşlarga qarşi ötkazilayotgan reydlar davomida öldirilganlar soni 32 nafarga yetdi, yana 107 kişi hibsga olindi. Bu haqda CNN Philippines telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, tezkor tadbirlar davomida 230 gramm metamfetamin moddasi, 765 gramm marixuana hamda granata va öqotar qurollar qölga kiritilgan. Reydlar bir vaqtning özida mamlakatning 13 ta şahrida olib borilgan.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte özining har yilgi murojaatida xalqaro taşkilotlar tomondan tanqidga uçraşiga qaramasdan, giyohvandfuruşlikka qarşi kuraşda ortga çekinmasligini aytgan.
2016 yil may oyida hokimiyat tepasiga Duterte kelgandan keyin mamlakatda giyohvandfuruşlik bilan boğlangan 6 mingdan köproq odam öldirilgan. Dunyo hamjamiyati Filippindagi giyohvandfuruşlikka qarşi kuraş usullarini tanqid qilib keladi.












